Toshkentda YTHga uchragan Lacetti yonib ketdi

Mashinani 21 yoshli haydovchi boshqargan

Foto: telegram

Foto: telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning “Rohat” posti yaqinida Lacetti avtomobili beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketib, to‘liq yonib ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazkur yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha bayonot berdi.

Unda aytilishicha, 3-sentyabr kuni soat tahminan 14:15 atrofida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududidan o‘tgan davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R17a avtomobil yo‘lining 4 kilometrida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.

Ma'lum qilinishicha, 21 yoshli haydovchi Toshkent viloyati Chirchiq shahrida istiqomat qilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, haydovchi Lacettini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotgan va yo‘lning o‘ng chetidagi beton to‘siqqa kelib urilgan.

Ushbu yoʻl transport hodisasi oqibatida avtomobilda yong‘in kelib chiqqan va mashina to‘liq yonib ketgan.

Maʼlum qilinishicha, haydovchiga voqea joyida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling