Toshkent shahrida yuz bergan YTHda 11 yoshli qiz vafot etdi — video

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 11 yoshli bolaning oʻlimi bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilishicha, avtohalokat joriy yilning 18 dekab kuni soat 17:30 larda Chilonzor tumanining “Choʻponota” koʻchasida yuz bergan. 39 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinada yoʻl chetidan orqaga harakatlanayotgan, 62 yoshli shaxs boshqaruvidagi Cobalt bilan toʻqnashgan.

YTH oqibatida, Lacetti haydovchisi Cobalt haydovchisi  va yoʻlovchisi 11 yoshli qiz olgan tan jarohatlari natijasida tibbiy muassasaga olib borilgan. Biroq koʻrsatilgan yordamga qaramasdan qizaloq vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov davom etmoqda

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling