Foto: Sardor Durumov
“Aeroflot” aviakompaniyasining Dehli — Moskva yoʻnalishi boʻyicha AFL233 reysi samolyoti Toshkentga favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 09:30 da Toshkent aeroportiga qoʻndi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
Qoʻnishga appenditsit xurujiga uchragan Hindiston fuqarosi sabab boʻlgan. Ekipaj yoʻlovchining sogʻligʻi yomonlashgani sababli muqobil aerodromga qoʻnishga qaror qilgan.
Yoʻlovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun shifoxonaga yotqizilgan.