Foto: Educalingo
O'zbekistonda joriy hafta oxirida havo harorati pasayishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Unga ko'ra 15-16-avgust kunlari O'zbekiston hududi bo'yicha quruq va biroz issiq ob-havo bo'lishi saqlanib turadi, faqat Farg'ona vodiysi tog'li hududlarida 16-avgustda qisqa muddatli yomg‘ir yog'ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi harorat 36-39 darajagacha isiydi va shu kunlarning o'rtacha iqlimiy qiymatlaridan yuqori bo'ladi.
Qayd etilishicha, 17-avgust kunidan boshlab respublika hududiga Ural hududlaridan salqin havo kirib kelishi boshlanadi, bu esa issiq pasayishiga olib keladi. Ish haftasining oxiriga klib, havo harorati kechalari 16-20 darajagacha, kunduz kunlari 30-33 darajagacha pasayadi. Barcha hududlar bo'yicha ba'zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zonlar kuzatilishi mumkin. Ushbu davrda yomg'ir yog'ishi kutilmaydi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling