Ish haftasi davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 30-35 daraja atrofida, janubda 37 darajagacha bo‘ladi.

Joriy ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha harorat foni pasayadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 30-35 daraja atrofida, janubda 37 darajagacha bo‘ladi.

30-iyun kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba‘zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

1-iyulda respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba‘zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi.

2-iyulda markaziy viloyatlarning asosan ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, 3-iyulda esa O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy va cho‘l hududlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 29-30-iyun kunlari ba‘zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 

Toshkentda 30-iyun kuni vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.

1-3-iyulda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 2-iyulda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

Harorat asosan kunduzi 31-34 daraja, kechalari 20-23 daraja atrofida bo‘ladi.

29-30-iyun va 2-iyulda shamol tezligi vaqti-vaqti bilan 12-15 m/s gacha kuchayishi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling