Foto: Adobe stock
Moskvada kuchli yomg'ir oqibatida kanalizatsiya qudug'ini tozalayotgan ishchilarni suv oqizib ketti, bu haqida Meduza nashri xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, 13 nafar ishchilar Lyublino tumanida kanalizatsiya kollektorida tozalash ishlarini olib borayotgan bo‘lgan. Brigada oqova suv quvurlarini tozalayotgan vaqtda yomg‘ir boshlanib, suv sathi ko‘tarilgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, kanalizatsiya qudug‘ida kuchli bosim tufayli devor qulab tushgani aytiladi.
Moskva meriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, besh kishi kollektordan mustaqil chiqib olgan, yana besh kishini qutqaruvchilar olib chiqqan.
Uch kishining jasadi esa qutqaruvchilar tomonidan keyinroq topilgan.
Ayni paytda ishchilar bilan yuz bergan voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Moskva prokuraturasi jinoiy surishtiruv boshladi.