Foto: Repost.uz
Toshkent shaharlar reytingida havoning ifloslanishi bo'yicha dunyoda 39-o'ringa tushdi. Bu haqda IQAir portali xabar bermoqda.
17-oktyabr kuni "O‘zgidromet" havosining ifloslanishi bo'yicha Toshkent shahri dunyoda birinchi o'ringa chiqqanini ma'lum qilgan edi.

Ma'lum qilinishicha, PM-2,5 indeksi 19,3 mkg / m³ ga yetgan. Toshkentdagi PM2.5 kontsentratsiyasi hozirda JSST havo sifati boʻyicha yillik yoʻriqnoma qiymatidan 3,8 baravar yuqori hisoblanadi.

Shuningdek, haftaning qolgan kunlarida yomg'irli ob-havo bo'lishiga qaramasdan havoning ifloslanish darajasi oshib borishi taxmin qilingan.

Qayd etilishicha, atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog'liq muammolar qazib olinadigan yoqilg'idan ortiqcha foydalanish, sifatsiz yoqilg'idan foydalanish, shuningdek, ko'p miqdorda yoqilg'i yoqish kabi noto'g'ri ekologik usullarni qo'llash natijasida yuzaga keladi.