O‘zbekiston rossiyaliklar yangi yil bayramini nishonlash uchun borishmoqchi boʻlgan eng mashhur mamlakatlardan biriga aylandi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yetakchi o'rinni Tailand egallagan. Rossiyalik sayyohlarning 15 foizi ushbu bayramni Tailandda kutib olishni xohlaydi. Keyingi o‘rinlarda Vetnam – 11 foiz, Qozog‘iston – 10 foiz va Turkiya – 8 foiz.
Roʻyxatda O‘zbekiston beshinchi o‘rinni egallagan. Maʼlum qilinishicha, rossiyalik sayyohlarning 6 foizi bayram arafasida mamlakatga tashrif buyurishni xohlaydi.
Kapital.uz ma’lumotlariga ko‘ra , 2022-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga 78,2 ming nafar ko‘chiruvchi kelgan. Ukrainada urush boshlanganidan keyin tashriflar soni odatdagidan ancha koʻpaygan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling