"Ikki yilda 400 ming dollar ishlab topdim" — Azamat Ahrorov bir oylik daromad va harajatlari haqida ma'lum qildi — video

Aktyorning aytishicha, u oyiga 3-4 ming dollar pul sarflaydi

O‘zbekistonlik kinoaktyor Azamat Ahrorov mahalliy loyihada ishtirok etib, olgan daromad haqida ma'lum qildi.

Sir emaski muxlislarga san'atkorlarning daromadlari doim qiziqtirib kelgan. Azamat Ahrorov bu haqda ochiq gapirishga qaror qildi.

"Ikki yil ichida 300-400 ming AQSh dollari ishlab topdim. Har doim prodyusserlar so'rashganida aytaman ming ikki ming dollardan kam mablag' evaziga video va kliplarga tushmayman. Ular esa blogerlar 700-800 dollarga ham suratga tushishga tayyor ekanligini aytishadi. Avvalo men tajribali kino aktyoriman, shu kasbga tayyorlanib, 14 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqdaman. Qolaversa bu pul topishning yagona yo'li ekanligini, shuningde, men bloger emasligim va boshqa turdagi kontentlar yaratmasligimni tushuntiraman", — deydi u.

Aktyorning ma'lum qilishicha, oxirgi marta o'zbek serialidagi roli uchun bir kunlik suratga olish jarayoniga u ming dollar olgan. Hozirda uning oylik maoshi o'rtacha 10 ming dollarni tashkil qiladi. Shu bilan birga, u bir oyda 3-4 ming dollar atrofida pul sarflaydi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling