Foto: CentralAsia
Sharqiy Xitoyning Fujian provinsiyasining Pingnan okrugida 900 yoshdan oshgan Xitoy yogʻoch koʻprigi oqibatida qulab tushdi. Bu haqda Xitoyning "Global Times" nashri xabar bermoqda.
Voqea 6-avgustdan 7-avgustga oʻtar kechasi yuz bergan. Maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabablari hozircha aniqlanmagan. Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda, qurbonlar yoʻq.
Maʼlum qilinishicha, olov 10 soat ichjda oʻchirilgan. 900 yillik yogʻoch koʻpriklarning tanasi yongʻinning dastlabki 20 daqiqasidayoq yonib ketgan.
Pekin universitetining qadimiy arxitektura boʻyicha mutaxassisi Syuy Itaoning fikricha, yongʻinga inson omili sabab boʻlishi mumkin.
"Mening taxminimcha, bu tabiiy ofat emas, balki texnogen hodisa bo'lgan, suv ustidagi ko'prikning o'z-o'zidan yonishi kamdan-kam uchraydi" – deydi Syuy.
Foto: CentralAsia
Maʼlumot oʻrnida, ushbu koʻprik Van'an nomi bilan mashhur boʻlib, u Sun sulolasi davrida (960-1279) qurilgan. Koʻprik 1708-yilda yongʻin natijasida vayron boʻlgan va 1742-yilda qayta qurilgan. 1991-yilda koʻprik viloyat darajasidagi qoʻriqlanadigan obyekt maqomini olgan va 2006-yilda bu daraja respublika darajasiga koʻtarilgan. Maʼlumotlarga koʻra, bu koʻprik Xitoydagi eng uzun yogʻoch kamar koʻprigi boʻlgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling