Volgograd viloyatining Voljskiy shahrida joylashgan yirik bozor yonib ketdi

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo'q

Foto: RIA Novosti<br>

Foto: RIA Novosti

Joriy yilning 28-avgust kuni soat 17:00 atrofida Voljskiy shahrida joylashgan "Lyudmila" bozorida yirik yong'in sodir bo'ldi.

Qayd etilishicha, yong'in 7 ming kvadrat metrni egallab olgan.

Xabarlarga qaraganda, bozordan jami 153 kishi evakuvatsia qilingan. Da'lumotlarga ko'ra yong'in oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat bo'yicha bosh boshqarmasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, yong'inni o'chirishga 49 nafar o't o'chiruvchi xodim va 16 ta texnika jalb qilingan.

Ma'lum qilinishicha, bozorda yuzaga kelgan yong'inga payvandlash ishlarini olib borish davomida, yong'in xavfsizligi talablari buzilgani sabab bo'lgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling