Fransiyada o'rmon yong'inlari tufayli 30 dan ortiq kishi hibsga olindi

Ko'ngillilardan biri adrenalin va jamoatchilik e'tirof etish uchun bir necha bor o't qo'yganini tan oldi

Foto; Euronews

Foto; Euronews

Fransiyada o'rmonlarga o't qo'yganlikda gumon qilinib, o'rmon yong'inlarini o'chirishga yordam bergan ikki nafar ko'ngilli qo'lga olindi. Hibsga olinganlar soni 34 nafarga yetdi, deya xabar beradi Euronews.

Qayd etilishicha, ko'ngillilardan biri Vulgan ko'i yaqinidagi o'rmonga o't qo'yganlikda ayblanmoqda. Uning qilmishi tufayli 230 gektar maydon yonib ketgan. Yana bir kishi Isere departamentining Vit shahridagi bir qator o't qo'yishlarda gumon qilinmoqda.

Ma'lum qilinishicha, iyul oyi oxirida huquq-tartibot idoralari xodimlari o't o,chiruvchi yordamchisini qo'lga olgan. Keyinchalik u adrenalin va jamoatchilik e'tirof etish uchun bir nechta joyga o't qo'yganini tan oldi.

Ma'lumot uchun, Fransiya va boshqa bir qancha Yevropa mamlakatlari bu yozda butun qit'ada rekord harorat va qurg'oqchilik sabab bo'lgan halokatli o'rmon yong'inlaridan aziyat chekdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling