Xitoyda 200 metrlik osmono'par bino yonib ketdi - video

Aniqlanishcha, alanga o'ndan ortiq qavatni qamrab olgan

Xitoyning Chansha shahrida China Telecom davlat telekommunikatsiya kompaniyasi shtab-kvartirasi joylashgan ko‘p qavatli bino yonib ketdi. Bu haqda Channelnewssia xabar bermoqda.

Berilgan ma'lumotlarga ko'ra, alanga o‘ndan ortiq qavatni qamrab olgan.

"Beyszin jibao" gazetasining yozishicha, yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 15:30 atrofida boshlangan – yong‘in binoning old tomoni bo‘ylab yuqoriga qarab yoyila boshlagan. Olov o‘ndan ortiq qavatni qamrab olgan. Voqea joyiga 300 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi va 36 ta texnika yetib kelgan.

Shu kungacha o‘t o‘chiruvchilar binoning old qismidagi alangani o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, bino 2000 yilda qurilgan va o‘sha paytda shahardagi eng baland bino bo‘lgan. 42 qavatli osmono‘par binoning balandligi 218 metrga yetadi.

Hozircha qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo'q.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling