Foto: Tez News
2050-yilga borib, yozning chillasida Toshkentda havo harorati 6,1 darajaga ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet mutaxassisi Erkin Abdulaxatov ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yoz oylari me’yordan 2-3 darajaga ko‘tarilayotganiga aholi sekin-asta ko‘nikmoqda. Bu degani ob-havo shundayligicha qolib ketadi degani emas.
Abdulaxatovning soʻzlariga koʻra, 2050-yilga kelib 520 ta shaharda iqlim sharoiti oʻzgarishi mumkin.

Foto: Uzb_Meteo
Boshqacha aytganda, yaqin 30 yil ichida shimoliy yarim shardagi iqlim mintaqalari shimolga 1000 km siljiydi, dedi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyi O‘zbekistonda yozning chillasi yani eng issiq oyi hisoblanadi.