Kelesda joylashgan bir-biriga tutash ikki uyda yong'in sodir bo'ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 19-oktyabr kuni soat 23:10 da Toshkent tumani "Xiyobon" MFY, Oydin ko‘chasida ikkita bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga to'rtta yong'in-qutqaruv ekipaji soat 23:16 da yetib borgan. Xabarga ko'ra, yong'in soat 23:53 da qurshab olingan va soat 00:45 da batamom o'chirilgan. Yong'indan birinchi xonadonda 180 kvadrat metr, ikkinchi xonadonda 10 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
Hozirda yong'in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling