Foto: Tez News
Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi oilaning besh nafar aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 5-dekabr kuni soat 15:25 larda Jondor tumanidagi “Oxshix” mahalla fuqarolar yigʻini, “Oxshix” qishlogʻida yashovchi 36 yoshli fuqaroning xonadonida sodir boʻlgan yongʻin sodir boʻlgan. Yuzaga kelgan yongʻin oqibatida kelib chiqqan is gazidan oʻtkir zaharlangan xonadon sohibi, uning 34 yoshli turmush oʻrtogʻi, hamda 11 yoshli, 7 yoshli va 2 yoshli farzandlari vafot etgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 259-moddasi (Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling