Bangladeshda yoqilg'i narxlari rekord darajada ko'tarilgani sabab namoyishlar bo'lmoqda

Benzin va dizel narxlari 52 foizga oshgan

Foto: The Times of India<br>

Foto: The Times of India

Bangladesh hukumati mamlakatda yonilg'i narxini 50 foizdan ko'proqqa oshirganidan keyin butun Bangladeshda norozilik namoyishlari avj oldi.

Ma'lumotlarga qaraganda, Bangladesh poytaxti Dakkada talabalar benzin marxi oshishiga qarshi norozilik bildirish uchun ko'chaga chiqishgan. Aniqlik kiritilishicha, yonilg'i narxi oshirish to'g'risidagi qaror tufayli jamoat transportida yo'l haqi ham oshgan.

Talabalar yo'l haqini 48 soat ichida avvalgi darajaga tushirishni, shuningdek, jamoat transportida yo'l haqini oshirish qarorini bekor qilish va talabalarga chegirma berishni talab qilishgan.

"Oddiy aholi narxlarning oshishiga dosh berishga qiynalmoqda. Hukumatning davlat mulkini talon-taroj qilishi va noto'g'ri boshqaruvi odamlarni bu azob-uqubatlarga olib keldi" - deydi namoyishchilardan biri.

Qayd etilishicha, benzin va dizel narxlari 52 foizga oshdi. Bangladesh ommaviy axborot vositalariga ko'ra, narxlarning oshishi "tarixdagi eng yuqori"si bo'ldi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling