Foto: Toshkent viloyati IIBB
Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan MDH davlatlaridan 23 nafar qidiruvdagi shaxslar olib kelindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyat IIBB va uning quyi tizim xodimlari tomonidan, 56 nafar (turli jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan) qidiruvda boʻlgan shaxs ushlanib, jazo muqarrarligi va qonun ustuvorligi taʼminlangan.
Yil boshidan buyon esa, viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan koʻrilgan chora tadbirlar natijasida 486 nafar (23 ayol) qidiruvdagi shaxs qoʻlga olingan.
Ushlangan shaxslarning 23 nafari MDH davlatlaridan olib kelingan (ekstraditsiya qilingan) boʻlib, eng uzoq qidiruvda boʻlgani 20 yil, eng qisqasi esa qidiruvga berilgan kundan ikki kun oʻtib ushlangan.
Bundan tashqari, 22 nafar boshqa viloyatlarda norasmiy va rasmiy qidiruvdagi shaxs ushlanib, qidiruv tashabbuskoriga topshirilgan va 10 nafar bedarak yoʻqolgan shaxslar topilib, oilasiga qaytarilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling