Toshkent metrosining yer usti bekatlarini nomlash ovozga qoʻyildi

“Doʻstlik-Qoʻyliq” va “Olmazor-Sergeli” yoʻnalishlaridagi 19 ta bekatga nom berish boʻyicha takliflar yigʻildi.

Foto: geonom.tashkent.uz

Foto: geonom.tashkent.uz

Toshkent shahar hokimligining xabar berishicha, 2022-yil 5-11-dekabr kunlari Toshkent shahar metropoliteni yer usti liniyasining “Doʻstlik-Qoʻyliq” va “Olmazor-Sergeli” yoʻnalishlaridagi 19 ta bekatiga nom berish boʻyicha takliflar yigʻildi.

Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish boʻyicha takliflar tayyorlash davomida mahalliy aholi fikrini oʻrganish maqsadida Toshkent shahar hokimligi poytaxt ahlini ovoz berish yoʻli bilan ushbu jarayonda ishtirok etishga taklif qiladi.

Ovoz berish joriy yilning 4-aprel kunidan 18-aprelga qadar davom etadi. Ovoz berish uchun ushbu havolaga kiring.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling