Foto: Aniq.uz
Namangann viloyati Chust tumanida bir kunda ikkita avtomobilni olib qochgan shaxs ushlandi. Unga nisbatan 15 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Qayd etilishicha, 8-sentyabr kuni soat tungi 01:00 atrofida Chust tumani IIB navbatchilik qismiga Ma'rifat ko'chasida yashovchi 33 yoshli fuqarodan murojaat kelib tushgan. Unga ko'ra, shu kuni soat tahminan 00:30 lar atrofida unga tegishli bo'lgan "Matiz" noma'lum shaxs tomonidan, yashash uyi oldidan olib qochib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Chust tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni Chust tumani “Dasht” ko‘chasida yashovchi 16 yoshli fuqaro sodir etganligi va mashinani Namangan shahar Navoiy ko'chasiga tashlab qochib ketganligi aniqlangan.
Ma'lum bo'lishicha, 16 yoshli fuqaro Chust tumani markazida "VAZ-2106" mashinasini boshqarib yurgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan qo'lga olingan. Shuningdek, ushbu avtomashina kimga tegishli ekanligi to'g'risida oydinlik kiritilganda, voyaga yetmagan shaxs, olib qochgan "Matiz"ni tashlab, shu kuni soat 8:00 atrofida "Pansada" mahallasida yashovchi 22 yoshli fuqaroga tegishli bo'lgan "VAZ-2106" mashinasini eshigi ochiqligi va kaliti o'zida qoldirilganligidan foydalanib olib qochganligi aniqlangan.
Ta'kidlanishicha, voyaga yetmagan shaxs bir kunni o'zida Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi "a" bandida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumondor deb topilib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo'llanilgan.
Hozirda, tergov harakatlari davom etmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling