Endi O'zbekistonda 21 yoshga to'lmagan shaxslarga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlanishi mumkin

Ushbu yosh chegarasi amaldagi qonunda 20 yosh etib belgilangan

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

19-dekabr kuni senatorlar tomonidan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Hujjat bilan “alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining 21 yoshga toʻlmagan shaxslarga sotish va ushbu shaxslar tomonidan realizatsiya qilinishi, alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish jarayoniga ushbu shaxslarni jalb etish taqiqlanmoqda”. 

Ushbu yosh chegarasi amaldagi qonunda 20 yosh etib belgilangan.

Senatning 27-yalpi majlisida senatorlar tomonidan rad etilgan ushbu qonun navbatdagi yalpi majlisda koʻrib chiqilishi kutilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling