Foto: Xalq so'zi
Oʻzbekistonda oʻtgan noyabr oyi davomida jami 34 ming 735 ta nikoh qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 309 taga oshgan.
Xabarga koʻra, hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni quyidagicha:
- Qoraqalpogʻiston – 1357 ta;
- Andijon viloyati – 3396 ta;
- Buxoro viloyati – 1776 ta;
- Jizzax viloyati – 1463 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 4188 ta;
- Navoiy viloyati – 712 ta;
- Namangan viloyati – 2986 ta;
- Samarqand viloyati – 4196 ta;
- Surxondaryo viloyati – 3593 ta;
- Sirdaryo viloyati – 874 ta;
- Toshkent viloyati – 2360 ta;
- Fargʻona viloyati – 3864 ta;
- Xorazm viloyati – 1875 ta;
- Toshkent shahri – 2095 ta.