Foto: goalcom
Chempionlar Ligasi 1-turuda PSJ 2:1 hisobida “Yuventus”ni taslim etdi.
Oʻyinda dubl qayd etgan Kilian Mbappe musobaqadagi gollari sonini 35 taga yetkazib oldi. U mazkur natijaga erishgan yoshi eng kichik futbolchiga aylandi – 23 yosh, 260 kunlik.
Avvalgi rekord esa Lionel Messiga tegishli edi. U 35 ta golni 23 yosh 307 kunligida urgandi.
Chempionlar Ligasi 2022/23-yilgi mavsum guruh bosqich ilk turida “Manchester Siti” safarda “Sevilya”ni tor-mor (4:0) etdi.
Erling Holand uchrashuvda ikki golga mualliflik qildi. U “shaharliklar” safida mazkur muboqadagi debyutidayoq dublga erishgan ilk futbolchi boʻldi.
Shuningdek, 22 yoshli norvegiyalik YeCHLdagi 20-oʻyinda 25-golini urib, bunga eng tez erishgan futbolchiga ham aylanib oldi. Avvalgi rekord esa Filippo Inzagi hamda Ruud Van Nistelroyga tegishli edi – 30 oʻyinda 25 ta gol.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling