O'zbekistonda mashhur jahon telekanallari efirga uzatila boshlaydi

IP-televideniye kompaniyalari veb-saytlarida boshqa xalqaro telekanallarni ham koʻrish mumkin

Foto: UzdigitalTV

Foto: UzdigitalTV

Oʻzbekistonda jahon telekanallari efirga uzatila boshladi, deb xabar bermoqda "UzDigital TV" kompaniyasi.

Noyabr oyidan boshlab Oʻzbekistonning IP-TV operatorlari turli tillardagi bir qator xorijiy telekanallarni oʻz paketlariga kiritishdi. Bungacha mahalliy kanallardan tashqari oʻzbekistonliklar asosan Rossiya kanallarini tomosha qilishlari mumkin edi.

Endi Rossiya televideniyesiga muqobil variant bor. IP-televideniye operatorlari paketi qatoridan "BBC", "CNN", "Bloomberg", "France 24", Xitoyning "CGTN", Turkiyaning "TRT Avaz", “Belarus 24” telekanallari ham oʻrin olgan.

Kompaniya Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida qoʻshimcha beshta — "BBC World News" (Buyuk Britaniya), "CNN International", "Bloomberg" (AQSH), "CGTN" (Xitoy) va "TRT Avaz" (Turkiya) kabi kanallar koʻrsatilishini maʼlum qildi.

Qolaversa, IP-televideniye kompaniyalari veb-saytlarida "Fox News", "CNBC", "SkyNews", "France 24", “Belarus 24” va boshqa xalqaro telekanallarni ham koʻrish mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar