O'zbekistonning ayrim hududlarida 12-avgust kuni shamol tezligi kuchayib, chang-to'zonlar kuzatilishi mumkin

Ob-havo ma'lumotlari prognozi bilan tanishing

Foto: Zamin.uz<br>

Foto: Zamin.uz

"O'zgidromet" 12-avgust, juma kuni uchun ob-havo prognozini e'lon qildi.

Unga ko'ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20, kunduzi 34-36 daraja bo'ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo'ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo'ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo'ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo'ladi.

Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog'oldi va tog'li hududlarida havo biroz bulutli bo'ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling