Andijonda voyaga yetmagan maktab oʻquvchisi yoʻl transpot hodisasi sodir etdi. Bu haqdda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea 7-dekabr kuni soat 22:30 atrofida sodir boʻlgan. Unga koʻra, 14 yoshli maktab oʻquvchisi otasiga tegishli boʻlgan Matiz avtomashinasini haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmasdan turib olib chiqib ketgan.
Katta tezlikda avtomobilni boshqarib ketayotgan bolakay avtomobilning rul boshqaruvini yoʻqotishi natijasida yoʻl chetida turgan yuk avtomashinasining oʻng tomon qismiga borib urilgan.
Ushbu yoʻl transport hodisasi oqibatida yoʻlovchi sifatida ketayotgan 14 yoshli bolaning tengdoshi vafot etgan. Mashinani boshqargan bola esa tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling