Videodan lavha
Ijtimoiy tarmoqlarda qarshi davlat universitetida o'tkazilgan uchrashuvda talaba qizning hokimlikka bergan taklifi videosi tarqaldi.
Videoda qiz OTM talabalaridan iborat ko'ngilli "yosh blogerlar" jamoasini shakllantirish, va ularni kerakli jihozlar bilan ta'minlash hamda ularga muntazam ravishda o'quv seminarlarini tashkil etishni so'ragan.
Bundan ko'zlangan asosiy maqsad ba'zi tanqidchi blogerlarga qarshi turib, Qashqadaryoda bo'layotgan ijobiy o'zgarishlarni ko'rsatish ekanligini aytgan.
“Albatta bu taklif yoqib tushdi”, deb yozishmoqda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi.
Videodan ma'lum bo'lishicha, taklifni bergan qiz hokimlikka ishga olingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling