Foto: Instagram
Kinoaktrisa va Instabloger Feruza Normatova oʻzi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Shuningdek, u oʻzi erishgan yutuqlarni sanab oʻtdi va salbiy fikrlarga eʼtibor bermasligini taʼkidladi.
“Mayda gap insonlar meni labim, qoshim, tirnogʻimni muhokama qilgunlaricha, men mashinamni yangiladim, oilam bilan Umra safariga borib qaytdim va yangi uyga koʻchib oʻtdim. Alhamdulillah, oʻshanday mayda ishlar bilan ovvora boʻladiganlardan qilmaganiga shukur”, — deydi aktrisa.
Biroq, foydalanuvchilardan biri ushbu postga javoban salbiy fikr bildirgan.
“Qoshizni, labizni gapirganlar islom dinini sizdan koʻra koʻproq biladigan odamlardir, buni toʻgʻri qabul qilmagan siz aslida. Uy, mashina bu narsalar bilan inson qadri oʻlchanmaydi. Agar insonning Alloh huzuridagi qadr-qimmatini boylik, uy-joy va boshqa narsalar oʻlchaganida, paygʻambarlarimiz kambagʻal boʻlmas edi”, — deydi qiz.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling