Foto: Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi
Samarqandda beshta avtomobil ishtirokida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida haydovchilardan biri halok boʻldi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur voqea 21-noyabr kuni soat 13:00 larda Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon tumani “Mullakoʻrpa” MFY hududidan oʻtuvchi yoʻlda sodir boʻlgan. Unga koʻra, 38 yoshli haydovchi katta tezlikda “Lada Granta” rusumli mashinada harakatlanib ketayotib, oldinda boʻlgan 44 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Cobalt” mashinasining orqa qismiga katta zarb bilan urilgan.
Mazkur toʻqnashuv atrofda boʻlgan 30 yoshli haydovchi boshqaruvida boʻlgan “Damas”, 26 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Lacetti” hamda 44 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Tico” mashinalari ham yoʻl-transport hodisasi ishtirokchilariga aylangan.
Maʼlum qilinishicha, hodisa natijasida “Damas” avtomobili haydovchisi olgan tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Kattaqoʻrgʻon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling