Toshkentdagi asosiy ko‘chalarida tezlik 50 km/soatgacha pasaytiriladi

 Kichik halqa avtomobil yo‘li ichida joylashgan barcha ko‘chalarda transport tezligi soatiga 60 kilometrgacha cheklanadi

Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi, shahar IIBB YHXB “Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida transport vositalarining yuqori tezligini soatiga 60 kilometrgacha cheklash masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida” yig'ilish o'tkazdi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 70-sessiyasida Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan Amir Temur, Farg‘ona yo‘li, Shota Rustaveli, Yangi Sergeli, Bobur va Bunyodkor ko‘chalarida transport vositalarining yuqori tezligini 60 kiliometrgacha cheklash masalasi kiritilgandi.

Shundan keyin doimiy komissiya va IIBB YHXB tomonidan Kichik halqa avtomobil yo‘li ichida joylashgan barcha ko‘chalarda transport vositalarining harakat tezligini soatiga 60 kilometrgacha cheklash maqsadga muvofiq deb topilgan.

Alisher Navoiy, Mahtumquli, Amir Temur, kichik halqa avtomobil yo‘li, Islom Karimov, Taras Shevchenko, Bobur va Furqat ko‘chalarining bir qismi va Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘li tezlik 50 km/soatga tushadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling