Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu filialning Andijon shahar boʻlimi mansabdor shaxslari va boshqalar 839 mln soʻmlik gaz hisoblash uskunalarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Sharof Rashidov tuman boʻlimi tomonidan “Sharof Rashidov tumangaz” gaz taʼminot boʻlimi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ushbu boʻlim mansabdor shaxslari jami 93 mln soʻmlik gaz hisoblash uskunalarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling