Foto: Triplook
Qoraqalpogʻistondagi voqealarda ishtirok etgan yana 35 nafar ayblanuvchi jamoat kafilligi asosida oʻz oilasi bagʻriga qaytarildi. Bu haqda "O'zA" xabar berdi.
Shu bilan yaqinlari bagʻriga qaytarilgan ayblanuvchilar soni 107 nafarga yetdi.
Avgust oyi oxirida qilmishiga pushaymon bo‘lgan, qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari bor, oilaviy sharoiti og‘ir, oilada yagona boquvchi bo‘lgan fuqarolar ro‘yxati shakllantirilgandi.
Keyinroq Bosh prokuraturaga ro‘yxatda ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgartirish to‘g‘risida taklif kiritilgan.
Qoraqalpogʻistondagi voqealarda ishtirok etgan yana 35 nafar ayblanuvchi jamoat kafilligi asosida oʻz oilasi bagʻriga qaytdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling