Avstraliyada 230 ta kit sohilga chiqarib tashlangan holda topildi — video

Ularning kamida yarmi hali tirik ekani aytilmoqda

Avstraliyada 230 ta kit sohilga chiqarib tashlangan holda topildi — video

Foto: USA Today

Avstraliyaning Tasmaniya oroli g‘arbiy sohilida 230 ga yaqin kit topildi. Bu haqda USA Today xabar bermoqda.

Foto: USA Today

Foto: USA Today

Tasmaniya tabiiy resurslar va atrof-muhit departamenti ma'lum qilishicha, Oushin-bich sohiliga chiqarib tashlangan jonivorlar ko‘rinishidan uchuvchi kitlar turiga kiradi.

Foto: USA Today

Foto: USA Today

Qayd etilishicha, ularning kamida yarmi hali tirik.

Departamentning qayd etishicha, Dengizni muhofaza qilish dasturi” guruhi kitlarni qutqarish uchun asbob-uskunalarni yig‘ib, hududga yo‘l olgan.

Ma'lumot o'rnida, 19-sentyabr kuni Melburn va Tasmaniya shimoliy qirg‘og‘i o‘rtasidagi Bass bo‘g‘ozida joylashgan Qirol orolida 14 ta kashalot topilgan edi.

Foto: USA Today

Foto: USA Today

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar