Foto: Bloomberg
NATO qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan zaxiralar yetishmasligi sababli ishlab chiqarishni ko‘paytirishni so‘radi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
NATO davlatlari qurol-yarog‘ zaxiralarining qisqarishi fonida qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni o‘z omborlarini to‘ldirish va Kiyevga yordam berish uchun ishlab chiqarishni ko‘paytirishga chaqirgan.
“Kiyevga qurol yuborgan ayrim Yevropa davlatlarining zaxiralari tugayapti, kamomadni qoplash uchun yillar kerak boʻlishi mumkin”, — deyiladi agentlik bayonotida.
Shu sababdan, keyinchalik ittifoqchi davlatlar Kiyevni kerakli qurol-yarog‘ bilan yetarlicha ta’minlay olmasligi mumkin.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling