Qozog'iston poytaxti Astana deb qayta nomlanishi mumkin

Poytaxtning nomi shu kungacha 4 marta oʻzgargan

Foto: all.accor.com

Foto: all.accor.com

Qozog'iston poytaxti Astana deb qayta nomlanishi mumkin. Bu haqda Qozogʻiston prezidenti matbuot kotibi Ruslan Jeldibay xabar berdi.

Uning aytishicha, parlamentning bir guruh deputatlari Qozogʻiston poytaxtiga Ostona shahrining sobiq nomini qaytarishni taklif qilgan. Deputatlarning bu taklifi aholi bilan uchrashuvlarda, referendum jarayonida fuqarolarning koʻplab murojaatlariga asoslangan. Parlament aʼzolarining ushbu taklifi Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga Davlat rahbarining roziligi bilan kiritilgan.

Maʼlumot oʻrnida, poytaxtning birinchi nomi Akmolinsk edi. 1961-yilda shahar nomi Selinograd deb oʻzgartirilgan. 1992-yildan 1998-yilgacha shahar Oqmola deb atalgan. Keyin 1998-yilda shahar Astanaga aylangan. Qozogʻiston poytaxti nomi oxirgi marta 2019-yilda Nur-Sultonga o'zgartirilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling