Foto: CentralAsia
Hindistonning Noida shahrida joylashgan ikkita noqonuniy qurilgan osmono'par bino portlatib yuborildi. Bu haqda Financial Express xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 103 metrli "Supertech" egizak binolarini buzish operatsiyasi to'qqiz soniya davom etgan.
Ma'lum qilinishicha, binolarni portlatish uchun 3700 kilogrammdan ortiq portlovchi moddalar ishlatilgan.
Ta'kidlanishicha, ushbu osmono'par binolar Hindistonda buzib tashlangan eng katta inshootlar hisoblanadi.
Xabarlarga qaraganda, mazkur operatsiya oldidan hududdan 5 mingga yaqin odam evakuvatsiya qilingan. Atrofdagi boshqa binolar qalin plyonkalar bilan qoplangan.
Shuningdek, mahalliy politsiya hududni o'rab olgan va bir qancha yo'llar to'sib qo'yilgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu binolarning noqonuniyligi bo'yicha sud jarayonlari 9 yil davom etgan. Natijada ishlab chiqaruvchilar ushbu osmono'par binolarning orasida minimal masofa me'yorlarini buzgani ma'lum bo'lgan.
Shuningdek, 2021-yil avgust oyida Hindiston Oliy sudi binolarni buzishga hukm chiqargan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling