Messi: “Murabbiy boʻlib ishlamoqchi emasman, ammo Zidan ham shunday derdi”

Messi o'ziga sport menejmenti, kollektivni shakllantirish, murabbiyga yordam berish yoqishini aytgan

Foto: lemonde.fr

Foto: lemonde.fr

Lionel Messi kelajakda murabbiy boʻlib ishlash haqidagi savolga javob qaytardi.

“Erishgan natijalarim haqida emas, kelajakda meni nima kutayotgani haqida oʻylayman.

Murabbiy boʻlmoqchi emasman, ammo Zinedin Zidan ham shunday derdi. Keyin esa murabbiy boʻlib Chempionlar ligasida gʻalaba qozondi.

Menga sport menejmenti, kollektivni shakllantirish, murabbiyga yordam berish yoqadi,. Ammo hali 100 foiz xech narsani bilmayman”, — dedi Messi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling