JCH—2022. Belgiya Kanadani minimal hisobda mag'lub etdi

Jahon chempionatining "F" guruhidan o'rin olgan uchrashuv yakuniga yetdi.

Qatarda boʻlib oʻtayotgan Jahon chempionati, 1-turidan oʻrin olgan Belgiya — Kanada terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Unda belgiyaliklar minimal hisobda raqibdan ustun keldi.

Belgiya — Kanada 1:0

Gol: 1:0 – 44 Batshuayi.

Belgiya: Kurtua, Kastan, Vertongen, Alderveyreld, Dendonker, Karrasko (Mene, 46), Vitsel, de Bryuyne, Tilemans (Onana, 46), Eden Azar (Trossard, 62), Batshuayi (Openda, 78).

Kanada: Boryan, Lareyya (Adekugbe, 74), Vitoriya, Miller, Jonston, Hatchinson (Kone, 58), Eushtakiu (Osorio, 81), Hoylett (Larin, 58), Devid, Byukenen (Millar, 81), Devis.

Ogohlantirishlar: Karrasko (9), Mene (53), Onana (56), Devis (81), Jonston (83).

Eslatib oʻtamiz, guruhning dastlabki bahsida Xorvatiya va Marokash jamoalari 0:0 hisobidagi durangni qayd etgandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar