Videodan lavha
Toshkent shahar IIBB tomonidan miqdori 10 mlrd soʻmdan ziyod boʻlgan moliyaviy piramida aniqlandi.
Maʼlum boʻlishicha, Yashnobod tumani IIOga kelib tushgan murojaat asosida 23 yoshli shaxs gumonlanuvchi tariqasida qoʻlga olingan.
Tergov davomida gumonlanuvchi 50 nafar fuqarodan 15 kundan 30 kungacha boʻlgan davrda pullarni 18-23 foizgacha koʻpaytirib berishni vaʼda qilib, jabrlanuvchilardan 1,1 mln dollar miqdoridagi pullarni olgan.
“2020-yil fevralda koʻchadan qarzim boʻlgan. Shuni yopish maqsadida pul olganman. 2022-yil iyun oyigacha bu davom etgan. Bu shunday narsa ekanki, ketini ulab ketish kerak ekan. Birinchi marta 30 dollar pulni 30 foiz qoʻyib sotganman, 20 foizi seniki deb, aldab olganman. Shu paytgacha 10 mlrd soʻmga yaqin pul olganman. 8 mlrd soʻmga yaqinini qaytarganman. 2 mlrd soʻmga yaqinini oʻz ehtiyojlarimga ishlatib yuborganman.
Oxiri odamlarda shubha paydo boʻlishni boshlagan. Shundan soʻng toʻxtatishga majbur boʻlganman”, - deydi gumonlanuvchi.
Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan JKning 168- moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) hamda 188-1-moddasi 3-qismi “a” bandi (pul mablag'larini jalb etishga doir noqonuniy faoliyat)bilan ayb eʼlon qilinib, qamoqqa olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling