Foto: RBK
Yaqinda Rossiyaga qaytgan xonanda Alla Pugachyova egizak farzandlari Liza va Garri bilan birgalikda mamlakatni tark etdi.
Joriy yilning fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganidan so'ng, Alla Pugachyova oilasi bilan avval Isroilga, keyin Latviyaga ko‘chib o‘tgan edi.
Sentyabr oyida boshlangan yangi o‘quv yili munosabati bilan farzandlari hamrohligida Moskvaga qaytgan.
Ammo bir oylik o'qishdan so'ng, maktab o'quvchilari onasi bilan birga Vnukovoga uchib ketishgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, xonanda faqat bir taraflik chipta bilan uchib ketgan.
Eslatib o'tamiz, uning eri “maxfiy agent” deb topilganidan so'ng, Pugachyova eri bilan hamfikrligini bildirib uni ham “maxfiy agentlar” qatoriga qo‘shishlarini so‘rab, Putin rejimini qoralagan edi.