O'zbekistonga elektromobillar importi qariyb 3 barobar oshdi

Bu koʻrsatkichlar oʻtgan yilning shu davriga nisbatan import 1223 donaga oshgan

Foto: TASS<br>

Foto: TASS

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida a xorijdan qiymati 61,3 mln dollariga teng boʻlgan 1 912 dona elektromobil import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu koʻrsatkichlar oʻtgan yilning shu davriga nisbatan import 1223 donaga oshgan.

Quyida elektr transport vositalari eng koʻp import qilinadigan mamlakatlar keltirilgan:

  • Xitoy - 1675;
  • BAA – 111;
  • Germaniya – 56;
  • Gonkong - 42;
  • Litva - 10;
  • Koreya - 7;
  • boshqa mamlakatlar - 11.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling