Andijon viloyatining markaz va tumanlarida harakat tezligi 60 km/soatgacha cheklanadi. Bu haqda andijonlik deputatlarning tegishli qarorida ma'lum qilingan.
Qayd etilishicha, bu qaror viloyat hududida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Shuningdek, “Yuqori tezlik chegarasi” (60 km/soat) yo‘l belgilari yuqori tezlik rejimi bo‘yicha maxsus komissiyaga taqdim etiladi.
Eslatib o'tamiz, Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi, shahar IIBB YHXB “Toshkentning Kichik halqa yo'li doirasidagi barcha ko'chalarida transport vositalarining yuqori tezligini soatiga 60 km/soatgacha cheklash to'g'risida qaror qabul qilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling