Foto: Facebook
Fargʻonalik bloger Olimjon Xaydarov sudning 21 million soʻm jarima toʻlash haqidagi qarori ustidan apellyatsiya sudiga ariza berdi. Bu haqda u Facebookʼdagi sahifasida maʼlum qildi.
Avvalroq, Fargʻonalik bloger Olimjon Haydarovga nisbatan yuritilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilgani haqida xabar berilgan edi.
Unga koʻra, bloger Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 201-moddasi 1-qismi (yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar oʻtkazish tartibini buzish, tashkil etish) va 202-2-moddasi 2-qismi (yolgʻon maʼlumot tarqatish) bilan aybdor deb topilgan va 21 mln soʻm jarimaga tortilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling