Bloger Olimjon Haydarov 21 mln so'm jarimaga tortildi

U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2 ta moddasi bilan aybdor deb topilgan

Foto: Telegram<br>

Foto: Telegram

13-dekabr kuni bloger Olimjon Haydarovga nisbatan yuritilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari boʻyicha Oʻzbekiston tumani sudida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 201-moddasi (yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, oʻtkazish tartibini buzish) 1-qismi va 202-2-moddasi (yolgʻon axborot tarqatish) 2-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik harakatlari boʻyicha bloger Olimjon Haydarovga nisbatan ish koʻrilgan.

Sudning qarori bilan Haydarov Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning yuqorida koʻrsatilgan moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilfan.

Shuningdek, unga mazkur kodeksning 34-moddasi (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllash) tartibida bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari (21 mln soʻm) miqdorida jarima solingan.

Maʼlumot uchun, 29-noyabr kuni aholiga tabiiy gazni koʻproq yetkazib berish maqsadida Oʻzbekiston tumani "Shoʻrsuv” MFYda joylashgan “ALBUS” gips ishlab chiqaruvchi zavodi oldindan tuzulgan shartnoma shartlariga binoan tuman gaz idorasi tomonidan gaz quvuridan uzilgan.

Shundan soʻng, 6-dekabr kuni zavodning 20 nafar ishchilari yuqoridagi holatni notoʻgʻri talqin qilib, oʻzboshimchalik bilan jamoat tartibiga qarshi nozoriliklarni uyushtirgan.

Ushbu namoyishda xodimlar kelishuvga koʻra atayin ehtirosli soʻzlar, chalgʻituvchi gaplar va keskinlik yordamida, shuningdek, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan axborotlar orqali oʻz murojaatlarini yetkazgan va videomurojaat oldindan ushbu holatni tasvirga olishga taklif qilingan insonlar ishtirokida Telegramʼdagi “Olimjon Haydarov” kanalida eʼlon qilingan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling