Namangan viloyati sudi raisi lavozimidan ozod etildi

Abdurasul Eranov yozma arizasiga binoan sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan

<br>


Namangan viloyati sudi raisi Abdurasul Eranov oʻz lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoyishiga muvofiq, Abdurasul Eranov yozma arizasiga binoan Namangan viloyat sudining raisi lavozimidan ozod etilgan. Shuningdek, uning sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.

Maʼlumot oʻrnida, u 2021-yil yanvar oyida besh yil muddatga Namangan viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlangan edi.

Mazkur lavozimga shu kungacha prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari boʻlib faoliyat yuritgan Alisher Usmonov tayinlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling