Foto: Forbes
Qisman safarbarlik e'lon qilinganidan beri (21-sentyabr) 700 mingga yaqin odam Rossiyani tark etdi. Bu haqda Forbes nashri xabar bermoqda.
Nashr suhbatdoshining ma'lum qilishicha, hozirda sayyohlik maqsadida mamlakatni tark etganlarning sonini hisoblash qiyin.
Kremlning hisob-kitoblari bilan tanish bo'lgan yana bir suhbatdoshning aytishicha, qisman safarbarlik e'lon qilinganidan beri Rossiyani deyarli 1 million kishi tark etgan.
Ma'lum bo'lishicha, fuqarolar asosan qoʻshni davlatlarga, jumladan Qozogʻiston, Gruziya, Oʻzbekiston va boshqa qator davlatlarga jo'nab ketishmoqda.
Avvalroq, Toshkentga rossiyaliklar kirib kelishi ko'payishi sababli poytaxtdagi ijara kvartiralar narxlari keskin ko'tarilib ketgani ma'lum qilingan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling