Foto: vademec.ru
12-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ftiziatriya va pulmonologiyani rivojlantirish, OITS profilaktikasi masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda inson immunitet tanqisligi virusi (OIV) infeksiyalari koʻpaymoqda. Ayniqsa, Toshkent shahri, Andijon va Samarqand viloyatlari bu virus bilan kasalllangan bemorlarning soni juda yuqori.
Maʼlum qilinishicha, yigʻilishda OIV infeksiyasi boʻyicha tekshiruvni kengaytirib, 3 million aholini bilan qamrab olish choralari belgilangan.
Xabarga koʻra, OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga 22 turdagi virusga qarshi dori vositalari bepul beriladi.
Viloyat markazlari va tumanlararo OITS laboratoriyalarini taʼminlash, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash masalalariga masʼul shaxslar biriktirilgan.
Yigʻilish davomida Shavkat Mirziyoyev birlamchi tibbiyot xodimlarining OIV infeksiyasi boʻyicha malakasini oshirish, aholi oʻrtasida ushbu kasallik va uning oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini kuchaytirish muhimligini taʼkidlagan.
Avvalroq, Oʻzbekistonda 2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, respublikada roʻyxatga olingan OIV bilan kasallanganlar soni 45 ming nafarni tashkil etishi haqida xabar berilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling