Nukus voqealari bo'yicha o'tkazilayotgan sud majlisining jonli efiri vaqtincha to'xtatildi

Guvohlar bir-birining koʻrsatuvlarini eshitmasligi lozim

Foto: Telegram<br>

Foto: Telegram

Buxoro viloyati jinoyat ishlari boʻyicha sudida koʻrib chiqilayotgan 1-2-iyul kunlari Nukusda sodir boʻlgan voqealar yuzasidan sud majlisidan onlayn translyatsiya vaqtincha toʻxtatildi.

Qayd etilishicha, 2-dekabr kuni boʻlib oʻtgan muhokamalarda prokuror Jinoyat-protsessual kodeksining 432-moddasiga (Guvohlarni sud majlisi zalidan chiqarib turish ) muvofiq jonli efirni toʻxtatishni soʻrab sudyaga murojaat qilgan.

Maʼlum qilinishicha, bu guvohlarning soʻroq qilinishi bilan bogʻliq. Xabarga koʻra, guvohlar bir-birining koʻrsatuvlarini eshitmasligi lozim.

Avvalroq, Buxoro viloyati sudida 1−2-iyul kunlari Nukusda sodir boʻlgan tartibsizliklarda qatnashganlikda gumonlangan 22 kishiga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini koʻrib chiqish jarayonlari boʻlib oʻtayotgani haqida xabar berilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling