Foto: Teznews
Qashqadaryo viloyatning Qarshi tumanida bir oilaning uch aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Repost.uzʻga maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 10-dekabr kuni soat 20:20 da Qarshi tumani “Dasht” mahallasida yashovchi 77 yoshli fuqaro, 31 yoshli kelini va 2-sinf nabirasi yashash xonadonida qoʻlbola usulda yasalgan isitish pechidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Buxoroda bir oilaning besh a'zosi is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling