Foto: Smartik.ru
Sudyalar oliy kengashi tomonidan 12 nafar sudya vakolati muddati davriga qayta tayinlandi, deb xabar bermoqda "UzA".
Qayd etilishicha:
- Muzaffar Namozov – sudyalik vakolati muddati davriga Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Sariosiyo tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlangan va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Sherobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilingan.
- Rahmatjon Berdiyorov – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlangan va shu munosabat bilan Jizzax viloyati sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi lavozimidan ozod qilingan.
- Nizom Yusupov – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlangan va shu munosabat bilan Samarqand viloyati sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi lavozimidan ozod qilingan.
- Iroda Mirzayeva – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlangan va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Chirchiq tumanlararo sudi raisining oʻrinbosari lavozimidan ozod qilingan.
- Mavlonbek Ismoilov – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Chirchiq tumanlararo sudi raisining oʻrinbosari lavozimiga qayta tayinlangan va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Zangiota tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilingan.
- Tolibjan Haydarov – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlangan va shu munosabat bilan Toshkent viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Angren shahar sudining raisi lavozimidan ozod qilingan.
- Rahmonberdi Rahimjonov – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Angren shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlangan va shu munosabat bilan Toshkent viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Chinoz tumani sudining sudyasi lavozimidan ozod qilingan.
- Farhod Abdushukurov – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumani sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlangan va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Bektemir tumani sudining sudyasi lavozimidan ozod qilingan.
- BahodirXolmonov – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlangan va shu munosabat bilan Toshkent shahar Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilingan.
- Dusmurod Toshev – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudi raisining oʻrinbosari lavozimiga qayta tayinlangan va shu munosabat bilan Toshkent shahar maʼmuriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilingan.
- Sharof Eshimov– sudyalik vakolati muddati davriga Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Yangiyer shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlangan va shu munosabat bilan Namangan viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Mingbuloq tumani sudining raisi lavozimidan ozod qilingan.
- Shuhratjon Sodiqov– sudyalik vakolati muddati davriga Namangan viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Mingbuloq tumani sudining raisi lavozimiga qayta tayinlangan va shu munosabat bilan Jizzax viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Paxtakor tumani sudining raisi lavozimidan ozod qilingan.
Avvalroq, Namangan viloyati sudi raisi Abdurasul Eranov oʻz lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgandi.